Bugun, 21-aprel kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyo kubogining 3-turi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 3-daqiqasida Eihab Muhammad hisobni ochdi. Ikkinchi bo’limda vakillarimiz hujumlar sonini oshirishdi va 25-daqiqada Mashrab Adilov hisobni tenglashtirdi. 32-daqiqada Abror Ahmetzyanov gol urib, jamoamizni hisobda oldinga olib chiqqan bo’lsa, 39-daqiqada darvozabonimiz Abbos Elmurodov raqib darvozasini ishg’ol qildi. Shu tariqa O’zbekiston futzal milliy terma jamoasi guruh bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunlab, chorak finalga yo’l oldi.
Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 24-aprel kuni Vyetnam terma jamoasiga qarshi o’tkazadi.